Apple kompaniyasi joriy yilning oktabr oyida yangi iPad planshetini taqdim etishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra ushbu planshet iPad Air 2 deb nomlanadi. Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashrining xabar berishicha, yangi iPad planshetining tillarangli turi ham ishlab chiqariladi.
Kompaniya o‘tgan yildan boshlab tillarangli iPhone smartfonlarining sotuvini boshlagan edi, ammo shu paytgacha bunday rangdagi planshet ishlab chiqarmagan. Yangi iPad plansheti kulrang va kumush rangli turlari bilan bir qatorda tillarangda ham ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, yangi iPad Air 2 planshetida Apple A8 protsessori, Touch-ID barmoq sensori, 2 Gb tezkor xotira, 9,7 dyuym 2048×1536 pikselli displey o‘rnatiladi.
Shuningdek, Apple kompaniyasi 2015-yilda 12,9 dyuym displeyli planshetini ham taqdim etishi mumkin.
Izoh (0)