Butunjahon turizm va sayohatlar kengashi (WTTC) O‘zbekistonda kelayotgan 10 yil mobaynida turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yiliga o‘rtacha 6,2 foizga o‘shishini taxmin qilmoqda, deb xabar berdi 12news.uz.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Angola (7,3%), Gabon (7,3%), Mo‘g‘uliston (6,3%) va Livan (6,2%) bilan birgalikda turistlar oqimi keskin oshishi kutilayotgan mamlakatlar beshligiga kirdi.
“O‘zbekiston o‘zining boy arxeologik va me’morchilik merosi bilan faxrlansa arziydi. Mamlakatni turistlar oqimiga tayyorlash ishlari mustaqillika erishish bilanoq boshlangan. Hozirda O‘zbekiston alpinistlar orasida tobora ommalashmoqda”, − deya ta’kidlagan WTTC mutaxassislari.
Avvalroq, 2013-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlar soni 2012-yildagiga nisbatan 20 foizga o‘sgani xabar qilingan edi. Turizm xizmatlari hajmi 16 foizga, ularni eksport qilish esa 9 foizga oshgan, deyiladi 12news.uz xabarida.
Izoh (0)