Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o‘yinlarining yunon-rum kurashi musobaqasi 80 kilogramm vazn toifasida o‘zbekistonlik Besiki Saldadze bronza medal sohibiga aylandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Besiki bronza medal uchun qatarlik Xon Ja’far Xon bilan kurashdi. Bahsda o‘zbekistonlik kurashchi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Saldadze chorak finalda hindistonlik Singx Xarpritni 3:1 hisobida taslim qilgandi. So‘ngra yarim finalda eronlik Habibulloh Akxlagiga yutqazib qo‘ydi — 0:4.
Izoh (0)