29-sentabr kuni o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekistonda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishga qo‘shgan salmoqli hissasi, yoshlarga ilm-fan asoslarini, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatishdagi jonkuyarligi, ta’lim-tarbiya tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir necha O‘zbekiston fuqarolari quyidagi faxriy unvonlar bilan taqdirlandi:
- “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”.
- “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni;
- “Mehnat shuhrati” ordeni;
- II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni;
- “Do‘stlik” ordeni;
- “Shuhrat” medali.
Izoh (0)