AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya va NATO o‘rtasida harbiy mojaro kelib chiqadi, deb hisoblamaydi. Bu haqda CBS telekanaliga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.
“Yo‘q. Men Rossiya va NATO o‘rtasida harbiy mojaro kelib chiqadi, deb o‘ylamayman”, − deb javob qaytargan AQSh yetakchisi shu ma‘nodagi savolga. Shuningdek, u AQSh Yevropaning sharqiy qismidagi ittifoqchilarini tinchlantirish uchun qattiq harakat qilganini ham ta’kidlagan.
24-sentabr kuni Barak Obama Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assamleyasi Rossiyani Yevropaga nisbatan zo‘ravonlikda ayblab, Moskva olib borayotgan siyosiy yo‘nalishni o‘zgartirsa Vashington sanksiyalarni bekor qilishini qo‘shimcha qilgan.
Izoh (0)