Nyu-York ustidan uchib o‘tayotgan ikkita yengil dvigatelli samolyot osmonda to‘qnashib ketdi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Novaya gazeta”.
Cessna 172 hamda SeaRay deb nomlangan samolyotlarning to‘qnashuvi sabablari hali ma’lum emas. Biroq birinchi samolyotning Lankaster shahriga qulab tushgani aniqlangan. Hodisaning ikkala qurboni ham aynan shu samolyotda bo‘lgan: uchuvchi va yo‘lovchi bola.
Ikkinchi samolyot esa omad tufayli dalaga qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu samolyot bortida uchuvchi va 9 yoshli qiz bo‘lgan, ularga ziyon yetmagan. Voqea yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan.
Izoh (0)