Incheonda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha qisqa masofalarga o‘tkaziladigan sprint musobaqalariga start berildi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
200 metr masofaga o‘tkazilgan baydarka bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida O‘zbekiston vakili Ernest Irnazarov kumush medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik sportchi koreyalik Kvang Xi Chodan bir soniya ortda qoldi.
Ernestdan biroz kech kelgan yaponiyalik Seyji Komatsu bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)