Taniqli futbolchi Devid Bekxemning rafiqasi, Buyuk Britaniyaning Spice Girls pop-guruhining sobiq a’zosi Viktoriya Bekxem OITSga qarshi kurashish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNAIDS)ning tinchlik elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Reuters’ga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bekxem Keyptaundagi OIV bilan infeksiyalanganlar klinikasiga qilgan tashrifidan so‘ng odamlarga, ayniqsa bolalarga yordam berishga qaror qilganini aytgan. Bu “hayotini o‘zgartirgan tashrif” bo‘lganini ta‘kidlagan.
“Men 40 yoshimda ayol va ona sifatida o‘zimda qandaydir mas’uliyat borligini tushundim. Men ko‘plab insonlar quloq soladigan o‘z ovozimdan foydalanmoqchiman”, − dedi Viktoriya BMT Bosh Assambleyasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. U BMT elchisi sifatida OITSga qarshi kurashishga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish maqsadida turli tashriflar uyushtirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)