Yaponiya Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.
Yangi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi qaror Tokioning Rossiyaga nisbatan pozitsiyasini yanada mustahkamlash, shuningdek avvalroq AQSh tomonidan tadbiq etilgan harakatlarga muvofiq kelish maqsadida qabul qilingan.
Yangi sanksiyalar ba’zi Rossiya banklarining Yaponiyada qimmatli qog‘ozlar chiqarishiga qo‘yilgan ta’qiqlarni o‘z ichiga oladi. Bu haqda Yaponiya Vazirlar mahkamasining bosh kotibi Yoshixide Suga ma’lum qilgan.
Avvalroq Yaponiya hukumati Ukrainadagi mojaro bois 19-sentabr kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi joriy qilishni rejalashtirgani xabar qilingan edi. Sanksiyalar asosan moliya va energetika sohalariga qaratilishi ta’kidlangan edi.
Izoh (0)