Samsung kompaniyasining sentabr boshida taqdim etilgan yangi Galaxy Note 4 planshetofoni 26-sentabrdan boshlab Janubiy Koreyada sotila boshlanadi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Boshqa davlatlarda ushbu planshetofonning sotuvi oktabr boshidan boshlanib, oy oxirigacha esa 140 dan ortiq davlatda Galaxy Note 4 gadjetini xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Galaxy Note 4 planshetofoni iPhone 6 smartfonlaridan ancha oldin taqdim etilgan bo‘lsa-da, uning sotuvi Apple smartfonlaridan keyinga qoldi. Bu vaqt mobaynida esa, iPhone 6 smartfonlari sotuvi boshlangandan so‘ng, uch kun ichida 10 million dona sotildi va yangi rekord natija qayd etdi.
Note 4 gadjeti o‘tgan yil taqdim etilgan Note 3 bilan bir xil o‘lchamda bo‘lsa ham, undan ko‘ra ancha yaxshi xususiyatlarga ega. Note 4’ning Note 3’dan ustun tomonlarini ushbu maqolada o‘qishingiz mumkin.
Izoh (0)