Sobiq jahon chempioni, boks afsonasi Mayk Tayson halokatga uchragan mototsiklchiga yordam berdi. Rayan Chelsi ismli shaxs Las-Vegasda taksi mashinasi bilan to‘qnashib ketgan va boshqaruvni yo‘qotib, yerga yiqilgan, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Bu hodisaga guvoh bo‘lgan Mayk o‘z mashinasidan tushgan va jabrlanuvchiga tez yordam mashinasi yetib kelgunga qadar yordam ko‘rsatib, uni ruhiy tarafdan qo‘llab turgan.
Shifoxonada Rayanga suyaklar sinishi va shikastlanish tashxisini qo‘yishdi. Lekin bu holat Chelsiga Tayson uchun minnatdorchilik maktubi va mevali savat jo‘natishga halal bergani yo‘q.
Izoh (0)