Aksariyat ekspertlar bir ovoz bilan Keti Perrini MTV Europe Music Awards sovrinini olishga asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatmoqda. Bu haqda “Muzgazeta”ga tayanib, “Segodnya” xabar bermoqda.
Beyonse va Jey Zining dunyo bo‘ylab turnelarida erishgan ulkan muvaffaqiyatlariga qaramay, musiqa bo‘yicha ekspertlar nufuzli sovrin 30 yoshli Keti Perriga nasib qilishini taxmin qilmoqda.
Manbada aytilishicha, Perri bunday mashhurlikka ancha kam kuch va vaqt sarflab erishgan. Tanqidchilarning fikricha, Keti nomzodi ko‘rsatilgan barcha 7 nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritishi mumkin. MTV Europe Music Awards 2014-yilgi taqdirlash marosimi 23-oktabrda Moskvada o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)