Osiyo Futbol Konfederatsiyasi yanvar oyida Avstraliyada o‘tkaziladigan Osiyo Kubogida ishtirok etadigan rasmiylar va hakamlar nomini e’lon qildi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
E’tiborlisi, unda bir emas, ikki nafar o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi Osiyo Kubogi — 2015 final bosqichi o‘yinlarini boshqarib borish uchun OFKdan taklif olgan. Unga ko‘ra, Osiyo Kubogi bahslarida O‘zbekistondan ikki nafar brigada — Ravshan Ermatov hamda Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi.
Ravshan Ermatov o‘z yordamchilari Abduhamidillo Rasulov hamda Bahodir Qo‘chqorovlar bilan OK bahslarida hakamlik qilsa, Kovalenkoga qanotlarda FIFA laynsmenlari Jahongir Saidov va Ma’mur Saidqosimovlar yordam beradi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston bir yo‘la ikkita hakamlar brigadasi bilan Osiyo Kubogi bahslarida ishlaydigan OFKning yagona vakili hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistondan yana bir vakil — Farhod Abdullayev OK bahslarida nazoratchi hakam sifatida ishlaydi.
OK — 2015 bahslarida ishlaydigan o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi va nazoratchilar ro‘yxati:
Referi — Ravshan ErmatovReferi assistentlari — Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston), Abduhamidillo Rasulov (O‘zbekiston)
Referi — Valentin Kovalenko (O‘zbekiston).Referi assistentlari — Jahongir Saidov (O‘zbekiston), Ma’mur Saidqosimov (O‘zbekiston)
Nazoratchi hakam — Farhod Abdullayev (O‘zbekiston).
Izoh (0)