Bir oy oldin Darius Vlodarski ismli kishi 20 yillik turmushidan so‘ng rafiqasi bilan ajrashgan. Ular ajrashishidan oldin Darius xotiniga yangi iPhone 6 smartfonini sovg‘a qilishni maqsad qilgan edi. Shu bois, u Angliyaning Bristol shahridagi Apple do‘koni oldida yangi smartfon uchun 44 soat navbatda turdi. Bu haqda Mashable ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Asli polshalik bo‘lgan bu erkak, oilasi buzilishiga aynan nima sabab bo‘lganligini aytib o‘tmagan, biroq o‘zini yaxshi ota yoki turmush o‘rtoq emasligini ta’kidlagan.
Men oila muhim ekanligini tushunmagan ekanman, juda ko‘p xato qildim. Shuning uchun rafiqam va qizimdan uzr so‘rayman. Rafiqam unga katta displeyli iPhone 6 yoqishini, ammo uni sotib olishga imkoniyatimiz yetmasligini afsus bilan gapirgan edi. Men esa u uchun shu smartfonni sotib olishga qaror qildim. Men yana yaxshi inson bo‘la olaman, lekin bilmadim, u menga ishonarmikan. Undan yana bir bor uzr so‘rayman, deydi Darius Vlodarski.
Eslatib o‘tamiz, yangi iPhone 6 smartfonlari 19-sentabrdan boshlab sotila boshlangan. O‘zbekistonda esa 16 Gb ichki xotirali iPhone 6 smartfoni 5,5 million so‘mdan sotilmoqda. Butun dunyo bo‘ylab eng arzon iPhone 6 smartfonlari qayerda sotilayotganini esa “Parol” nashrining ushbu maqolasida o‘qishingiz mumkin.
Izoh (0)