AQShning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi — General Motors o‘z avtomobillarini yana dunyo bozoridan qaytarib olishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net.
Bu safar servis aksiyasi 2013 va 2014-model yillaridagi Cadillac XTS va 2014—2015-model yillaridagi Chevrolet Impala sedanlariga tegishli bo‘ladi. General Motors ushbu avtomobillarda elektron to‘xtash tormozida nosozlik aniqlanganini ta’kidladi. Nuqsonli mashinalarning 205 mingtasi AQShda, yana 16 mingtasi boshqa mamlakatlarda sotilgan.
Avtomobil ishlab chiqaruvchi nosozlik tufayli baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgani haqida hech qanday xabar kelib tushmaganini aytib, qaytarib olinadigan mashinalarni bepul ta’mirlab berishni va’da qildi.
Nashrning ta’kidlashicha, yil boshidan buyon kompaniya turli muammolar sababli 30 millionga yaqin avtomobilini qaytarib olgan.
Izoh (0)