Toshkentda tirbandlikka chap bermoqchi bo‘lgan avtomobil tramvay relsiga tiqilib qoldi, deya xabar bermoqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari.
Xabarga ilova qilingan suratda Spark mashinasining yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda tirbandlikni tramvay yo‘li orqali aylanib o‘tmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Post ko‘pchilik foydalanuvchilar orasida kulgiga sabab bo‘lgan. Ba’zilar o‘zlari bilan ham shunga o‘xshash vaziyatlar sodir bo‘lganini qayd etgan.
Bildirilgan fikrlar orasida haydovchini shoshqaloqlikda ayblaganlar, barcha avtomobilchilar ushbu voqeadan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishi kerakligini ta’kidlaganlar ham bo‘ldi.
Izoh (0)