“Al Arabiya” telekanalining ma’lum qilishicha, liboslar borasida noodatiy did sohibi bo‘lgan amerikalik qo‘shiqchi Ledi Gaga Istanbul ko‘chalarida hijobda paydo bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning yorqin rangdagi atlas ro‘mol, uzun qora rangdagi ko‘ylak va qora ko‘zoynak taqib, Istanbuldagi savdo tumanlaridan birida aylanib yurgani aks etgan suratlar paydo bo‘ldi.
O‘zining mazkur ko‘zga tashlanmaydigan libosi tufayli Ledi Gagani hech kim tanimagan va u shahardagi ko‘plab butiklarni aylanishga muvaffaq bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Qo‘shiqchining aytishicha, o‘zga madaniyatlarni ham hurmat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. “Boshqalarni faqatgina o‘zingizning qadriyatlaringizga rioya qilishlariga majbur qilmasligingiz kerak”, — dedi Ledi Gaga.
Izoh (0)