Germaniya texnik nazorat birlashmasi tadqiqot o‘tkazib, eng ishonchli va unchalik ishonchli bo‘lmagan foydalanilgan avtomobillar nomini aniqladi. Tadqiqotchilar yetti turdagi mashinalarni tanlab olib, ularni har bir tur ichida ishlatilganlik darajasidan kelib chiqib, to‘rt guruhga ajratdi. Reyting yuzta avtomobil ichida kuzatilgan nosozliklarning o‘rtacha miqdoriga asoslanib tuzildi, deb xabar bermoqda Motor.ru.
Tadqiqot natijasida bir yildan uch yilgacha ishlatilgan ixcham mashinalar ichida nosozliklar miqdori eng kam bo‘lgan avtomobillar Koreyaning Kia, Yaponiyaning Toyota va Fransiyaning Peugeot kompaniyasiga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.
Gabarit jihatidan kattaroq ko‘rinishga ega avtomobillarning foydalanish darajasiga ko‘ra barcha toifalarida Germaniya kompaniyalariga qarashli mashinalarda nosozlik kam kuzatilgan. Bundan tashqari, tadqiqotchilar eng ishonchli sportkarlar germaniyaliklar tomonidan ishlab chiqarilayotganini aniqladi.
Aksincha, unchalik ishonib bo‘lmaydigan mashinalar qatorini Dacia (Ruminiya), Renault va Peugeot (Fransiya), Fiat va Alfa Romeo (Italiya) ramkali avtomobillar boshqarmoqda.
Izoh (0)