Afsonaviy futbolchi Pele Argentina terma jamoasi hujumchisi Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Messi hali Jahon chempionatida g‘alaba qozonishi mumkin. 2018-yil u 31 yoshga to‘lishiga qaramay, mazkur musobaqada bosh sovrin uchun kurashishiga ishonchim komil”, — dedi Pele.
Eslatib o‘tamiz, Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi finalda Germaniyaga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan edi.
Izoh (0)