Samsung kompaniyasi sentabr boshida botiq displeyli Galaxy Note Edge planshetofonini taqdim etgani xabar berilgan edi. Uning botiq displeyidan alohida foydalanish mumkinligi bois, ushbu gadjetni ikkita displeyga ega deyish mumkin. Phonearena.com saytining ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashrining xabar berishicha, Galaxy Note Edge Samsung’ning ikkita displeyli ilk smartfoni emas.
Kompaniya 2010-yilda Samsung Continuum nomli smarfonini taqdim etgan. Unda ikkita – 3,4 dyuymli asosiy va 1,8 dyuymli qo‘shimcha displey o‘rnatilgan. Qo‘shimcha displey asosiy displeyning ostida, smartfon tugmalaridan ham pastda joylashgan. Qo‘shimcha displeyda elektron xatlar, xabarlar, Facebook, Twitter lentlarini o‘qish mumkin bo‘lgan.
Samsung Galaxy Note Edge’ning botiq displeyida qanday funksiyalarni amalga oshirish mumkinligi haqida esa “Parol” nashrining ushbu maqolasida o‘qishingiz mumkin.
Izoh (0)