Namangan temiryo‘l vokzalida zamonaviy andozalarda rekonstruksiya qilingan savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
“Sadriddin fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘z mablag‘i va “Ipak yo‘li” banki Namangan filialining 300 million so‘mlikdan ziyod imtiyozli krediti ko‘magida amalga oshirilgan katta hajmdagi rekonstruksiya ishlari natijasida temiryo‘l vokzalidagi yangi majmua shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi.
“Aeroport, temiryo‘l vokzali, avtovokzal kabi transport-kommunikatsiya tarmog‘ining infratuzilma inshootlari zamonaviy shaharning ramziy darvozasi hisoblanadi, — dedi jamiyat rahbari Husanboy Ortiqov. — Ayni paytda bu yerda jahon andozalari talablariga javob beradigan mehmonxona qurish loyihasi ustida izlanmoqdamiz. Mazkur loyiha amaliyotga tatbiq etilsa, yana o‘nlab ish o‘rni yaratiladi”.
Majmuaning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi B.Yusupov so‘zga chiqdi.
Izoh (0)