“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir bor Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi, deya xabar beradi Stadion.uz A Bola nashriga tayanib.
Portugaliyalik futbolchi Twitter ijtimoiy tarmog‘ida eng ko‘p o‘qiladigan sportchi deb tan olindi.
Hozirda futbolchining akkauntiga 29,5 million odam obuna bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, Ronaldu bir necha yil oldin eng qimmat sotilgan futbolchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan edi.
Izoh (0)