KGI Securities tadqiqotchisi Ming Chi Kuoning so‘zlariga ko‘ra, Apple ikki xil – 1,3 va 1,5 dyuym displeyli aqlli soat ishlab chiqarishi mumkin. Kichikroq displeyli iWatch ayollar uchun, kattarog‘i esa erkaklar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Aqlli soatning tezkor xotirasi 512 Mb va ichki xotirasi 8 Gb bo‘lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, iWatch’ni smartfonga bog‘lamasdan ham ishlatish mumkin. Shuningdek, iWatch’ning 2–4 xil materialdan qilingan versiyalari taqdim etilishi kutilmoqda. Ular orasida oltindan qilingani ham bo‘lishi mumkin.
Ming Chi Kuo Apple aqlli soati to‘rtburchak shaklda bo‘lishi haqida gapirgan. Shu bilan birga, tadqiqotchi iWatch’ning orqa tomonida uchta teshik mavjud bo‘lishi va ular sog‘likni nazorat qiluvchi dasturlarni ishlatishda ko‘maklashishini ta’kidlagan.
“Parol” nashridagi ushbu fotojamlanmada Apple iWatch bo‘lishi mumkin bo‘lgan aqlli soat konseptlarini tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)