2014-yil 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi, deb xabar bermoqda Xushnudbek.uz.
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-sonli “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.
Buyruqqa ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari tasdiqlandi.
Oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi bo‘linmalarida bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari 35,0 nisbatda belgilanadi.
Shuningdek, normativlar ayrim oliy ta’lim muassasalarida quyidagicha belgilanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi uchun 2017/2018 o‘quv yiligacha — 10,5 nisbatda va 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab — 12,5 nisbatda;
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun 2017/2018 o‘quv yiligacha — 6,8 nisbatda va 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab — 8,5 nisbatda;
- Toshkent islom universiteti uchun 2017/2018 o‘quv yiligacha — 5,1 nisbatda va 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab — 6,1 nisbatda.
Izoh (0)