Tez kunda Galaxy lineykasidagi ilk metall korpusga ega Samsung Galaxy Alpha smartfonining O‘zbekistonda sotuvi boshlanishi mumkin. Bu haqda Facebook’dagi Samsung Mobile Uzbekistan sahifasi ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
13-avgust kuni Rossiyada Samsung Galaxy Alpha smartfonining taqdimoti bo‘lib o‘tgan va ushbu smartfon 12-sentabrdan boshlab Rossiyada 690 dollardan sotilishi xabar qilingan edi.
Yangi smartfonning yon tomonlari metalldan qilingan va u 6,7 millimetr qalinlikka ega. Unda 4,7 dyuym, 720×1280 pikselli Super AMOLED displeyi, ikkita to‘rt yadroli protsessor, 2,1 megapikselli old va 12 megapikselli orqa kamera, 2 Gb tezkor va kengaytirib bo‘lmaydigan 32 Gb ichki xotira, Android 4.4.4 KitKat, TouchWiz interfeysi o‘rnatilgan.
Ushbu smartfonning texnik xususiyatlari, kamerasi yordamida olingan ilk suratlar, oboylari va ishlab chiqarilishi haqidagi maqolalar bilan batafsil tanishing.
Izoh (0)