O‘zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan avval har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Mirjalol Qosimov va Ahmad Abu Ismoil ertaga, 3-sentabr kuni jurnalistlarning savollariga javob beradi. Matbuot anjumani O‘FF majlislar zalida soat 11:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin 4-sentabr kuni “Paxtakor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. Xabar berilganidek, chiptalar stadion kassalarida sotilmoqda.
Bundan avvalroq, Iordaniyadagi The Jordan Times, Arab News, The Star kabi bir qancha nashrlar O‘zbekiston termasi haqida fikr bildirib o‘tganini ma’lum qilgan edik.
Izoh (0)