Joriy yilning 2-sentabr kuni butun O‘zbekiston bo‘yicha “Istiqlolimizning yorqin ko‘zgusi” shiori ostida tashkil etilgan muzeylar haftaligi boshlandi. Haftalik 8-sentabrga qadar davom etadi, deb xabar berdi “Anhor”.
Haftalik davomida barcha xohlovchilar respublikadagi muzeylarga bepul tashrif buyurishi mumkin.
“Pravda Vostoka” gazetasining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Badiiy akademiya hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda davlat muzeylari, badiiy galereya va uy-muzeylarda ochiq eshiklar kuni tashkil etiladi.
Haftalik doirasida turli tanlovlar, konsertlar, olimlar hamda tasviriy va xalq amaliy san’ati vakillari bilan uchrashuvlar, turli mavzudagi ma’ruzalar, master-klass kabilar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xabar berilganidek, hozirda barcha davlat muzeylari haftaning har seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)