Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Yo‘lchilar”, “Uzunquduq”, “L. Murashimov”, “Mingbuloq” ovul fuqarolar yig‘inlari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi, deb xabar berdi “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi.
Bugunga qadar “Ilhomjon Asilbek”, “Quruvchi Sardor javohiri”, “Zarafshon Odilbek poydevori” kabi xususiy korxonalar tomonidan ushbu hududlarda 10 kilometrdan ortiq suv quvurlari yotqizildi. Jami bajarilgan ishlarning umumiy qiymati qariyb 450 million so‘mni tashkil etib, ayni paytda rejadagi ishlar to‘liq bajarilgan.
Ushbu loyihalar mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilib, ovullar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Izoh (0)