AQShning Nyu-York shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatining asosiy to‘r bahslari davom etyapti. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin kecha tunda umumiy mukofot jamg‘armasi 38 million 300 ming dollarni tashkil etuvchi musobaqaning juftliklar musobaqasi ilk davrasida kortga chiqdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Qozog‘istonlik Andrey Golubev bilan tandem hosil qilgan Istomin kolumbiyalik tennischilar — Nikolas Barryentos hamda Santyago Xiraldo juftligiga 4:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi Istomin bir yarim hafta dam olishi yoki kelasi hafta o‘tkaziladigan biror bir “Chellenjer” turkumidagi turnirda ishtirok etishi mumkin. Reytingda esa pastlashishi aniq.
Izoh (0)