Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli FIDE Gran-prisining so‘nggi bosqichi davom etmoqda. Dunyoning kuchli 12 nafar grossmeysteri dona surayotgan musobaqada qatnashayotgan o‘zbekistonlik yagona ayol grossmeyster Nafisa Mo‘minova kecha hind shaxmatchisi Xampi Koneruga qarshi oq donalarda o‘ynadi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Uchrashuvda Nafisa durang qayd etdi. Vaholanki, bir sipoh ustunligiga ega bo‘lib olgan Mo‘minova ushbu partiyada g‘alaba qozonishi ham mumkin edi.
3-tur natijalari:
Ju Venjun — Chjao Ksyu 1:0
Elina Daniyelyan — Ju Chen 1:0
Alina L’ami — Tatyana Kosinseva 0:1
Xou Ifan — Xarika, Mo‘minova — Koneru, Batchimeg — Ushenina partiyalarida g‘olib aniqlanmadi.
3-turdan keyingi vaziyat:
1-2. Ju Venjun, Xarika — 2,5 tadan;
3-6. Kosinseva, Ushenina, Xou Ifan, Batchimeg — 2 tadan;
7-9. Koneru, Chjao Ksyu, Daniyelyan — 1,5 tadan;
10. Nafisa Mo‘minova — 0,5;
11-12. Ju Chen, Alina L’ami — 0.
Izoh (0)