Kecha Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasi so‘nggi pley-off bosqichining javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda finalga yo‘l olgan beshta jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Uff.uz.
Jumladan, “Portu” o‘z maydonida “Lill”ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “APOEL” “Olborg”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Belorussiyaning “BATE” jamoasi ham baxtli klublar ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasidagi so‘nggi pley-off bosqichining javob o‘yinlari natijalari:
“Portu” (Portugaliya) — “Lill” (Fransiya): 2:0 (0:0, 2:0)
“APOEL” (Kipr) — “Olborg” (Daniya): 4:0 (2:0, 2:0)
“BATE” (Belorussiya) — “Slovan Bratislava” (Slovakiya): 3:0 (1:0, 2:0)
“Seltik” (Shotlandiya) — “Maribor” (Sloveniya): 0:1 (0:0, 0:1)
“Zenit” — “Standard” 3:0 (1:0, 2:0)
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savatchalar:
Birinchi savatcha: “Real”, “Barselona”, “Bavariya”, “Chelsi”, “Benfika”, “Atletiko”, “Portu”, “Arsenal” (agar “Beshiktosh” mag‘lubiyatga uchrasa).
Ikkinchi savatcha: “Shalke-04”, “Borussiya D”, “Yuventus”, “PSJ”, “Shaxtyor”, “Bazel”, “Zenit”, “Manchester Siti”.
Uchinchi savatcha: “Olimpiakos”, “SSKA”, “Ayaks”, “Liverpul”, “Sporting”, “Galatasaray”, “Napoli”/“Atletik”, “Bayer” (agar “Kopengagen” mag‘lubiyatga uchrasa).
To‘rtinchi savatcha: “Anderlext”, “Zalsburg”/“Malme”, “Roma”, “Styaua”/“Ludogorets”, “APOEL”, “Maribor”, “BATE”, “Monako”.
Bugungi pley-off o‘yinlaridagi hisoblar savatchalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Izoh (0)