Toshkentning Yunusobod tumani ko‘chalarida chaqiriqli shiorlar bitilgan yangicha taxtachalar paydo bo‘ldi, deya xabar beradi Pr.uz Facebook’dagi Potrebitel.uz guruhiga tayanib.
“Ular shahar ko‘chalarini ifloslantirmaslikka, tozalik va tartibga da’vat etib, maishiy chiqindilar to‘planadigan joylardagi daraxtlarga mix bilan qoqib qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.
O‘ziga xos rasmli belgilar va shiorlar bilan bezatilgan taxtachalar ijodiy nuqtai nazardan maqtalgan bo‘lsa-da, boshqa jihatlardan nashr tanqidiga uchradi. “Nahotki ijtimoiy tarmoqlarda maqtovlar ostida qolgan ijodiy fikr kuchi taxtachalarni tabiatga zarar yetkazgan holda daraxtlarga qoqish o‘rniga boshqa usulni o‘ylab topishga yetarli bo‘lmadi?” — deb yozadi Pr.uz. Bundan tashqari, nashr shaharda tozalikka erishishning boshqa osonroq yo‘li — axlatdonlar o‘rnatish usuli ham borligini pisanda qilib o‘tgan.
Izoh (0)