Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan II o‘smirlar yozgi olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston termasi uchinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda UzDaily.uz xabar bermoqda.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha bo‘lib o‘tga uchrashuvda o‘zbekistonlik sportchi Ilhom Bahromov (-50 kg) finalda ozarbayjonlik Jabbor Najafovni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medal sovrindori bo‘ldi.
Ayni damda O‘zbekiston sportchilari hisobida sakkizta — uchta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medal mavjud.
Nankin shahridagi II o‘smirlar yozgi olimpiada o‘yinlari 28-avgustga qadar davom etadi.
Izoh (0)