Hindistonlik shifokorlar Madhya-Pradesh shtatida istiqomat qiluvchi 62 yoshli Jioti Kumar organizmidan 36 yil avval vafot etgan chaqaloq skeletini chiqarib oldi. Shifokorlar butun dunyo bo‘yicha eng uzoq davom etgan bachadondan tashqari homilaga duch kelganini aytmoqda. Bu borada o‘rnatilgan avvalgi rekord 18 yilni tashkil etgan edi, deb xabar bermoqda “Vesti” Inquisitr’ga tayanib.
Jioti Kumar 1978-yil 24 yoshida homilador bo‘ladi. Shifokorlar ayolni bola bachadondan tashqarida rivojlanayotgani uchun yashab ketmasligini aytib, ogohlantiradi. Jioti operatsiyadan qo‘rqib, shaxsiy shifoxonaga murojaat qiladi. U yerda og‘riqdan xalos bo‘lgan ayol endi muammo tug‘ilmasligiga ishonadi.
Oradan 36 yil o‘tib, Jioti qorin sohasida og‘riq seza boshladi. Nagpur shahridagi Tibbiy fanlar institutiga murojaat qilgan ayol operatsiyaga rozilik bildiradi. Natijada bir guruh jarrohlar ayolning tanasida qolib ketib, bir necha o‘n yil avval halok bo‘lgan chaqaloq skeletini chiqarib oldi. Ayni damda Jioti Kumar o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Tibbiy adabiyotlarni o‘rganib chiqqan hind shifokorlari yuqoridagi voqea kamdan-kam sodir bo‘lishini aniqladi. Bundan avval shunga o‘xshash holat Belgiya fuqarosi bilan yuz bergan. U tug‘ilmagan farzandining qoldiqlarini tanasida 18 yil mobaynida olib yurgan.
Izoh (0)