Facebook dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoq hisoblanadi va undan juda ko‘pchilik foydalanadi. “Parol” nashri esa ushbu tarmoqda o‘zbekistonliklar eng ko‘p o‘qiydigan sahifalar o‘nligini taqdim etdi. Ular bilan quyida tanishing.
- Beeline Uzbekistan – Beeline aloqa operatorining sahifasi. Uning o‘zbekistonlik o‘quvchilari soni 59 555 nafarni tashkil etadi.
- Ucell – Ucell aloqa operatorining sahifasi. Sahifaning o‘zbekistonlik o‘quvchilari soni 53 426 nafarni tashkil etadi.
- Sevara Nazarkhan – qo‘shiqchi Sevara Nazarxonning rasmiy sahifasi. Uning o‘zbekistonlik o‘quvchilar soni 43 212 nafarni tashkil etadi.
- U.S. Embassy in Tashkent– Toshkentdagi AQSh elchixonasining sahifasi. Uning o‘zbekistonlik o‘quvchilar soni 37 306 nafarni tashkil etadi.
- Общественный контроль UZ24 – UZ24.uz saytining loyihasi bo‘lgan ushbu sahifani o‘zbekistonlik 19 200 nafar kishi o‘qiydi.
- Comedy Club – Rossiyaning shu nomli teleko‘rsatuvi sahifasi. Uning o‘zbekistonlik o‘quvchilari soni 17 223 nafarni tashkil etadi.
- Afisha.uz – Afisha.uz yangiliklar saytining sahifasi. Uning o‘zbekistonlik o‘quvchilari soni 17 090 nafarni tashkil etadi.
- April Verdant Restaurant – Toshkent shahridagi shu nomli restoran sahifasining o‘zbekistonlik o‘quvchilari soni 15 284 nafarni tashkil etadi.
- UZ24 – UZ24.uz yangiliklar saytining sahifasi. Uning o‘zbekistonlik o‘quvchilar soni 15 263 nafarni tashkil etadi.
- Психология отношений sahifasini o‘zbekistonlik o‘quvchilari soni 15 141 nafarni tashkil etadi.
Shuningdek, “Daryo” nashrining ham Facebook’da 14 000 nafardan ortiq o‘quvchiga ega sahifasi mavjud, bizni ham o‘qib borishni unutmang! ;)
Izoh (0)