O‘zbek estradasining yorqin yulduzi Shahzoda o‘zining vodiylik sog‘ingan muxlislariga konsert dasturlarini taqdim etmoqda, deb xabar berdi Popcorn.uz.
20-avgust kuni Andijon viloyatining markaziy stadionida o‘tkazilgan yakkaxon konsert dasturi muxlislarga bir olam quvonch baxsh etdi.
May oyida Toshkent shahrida yetti kunlik shou-konsert dasturini taqdim etgan Shahzoda mazkur dastur bilan viloyatlik muxlislarini ham xushnud etmoqda.
Konsert davomida Shahzoda o‘zining xit darajasiga ko‘tarilgan eng sara va yangi qo‘shiqlarini Andijon ahliga armug‘on etdi.
Shuningdek, xonanda ashaddiy muxlislari bilan samimiy suhbat qurishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Muxlislarning sog‘inchini his qilgan Shahzoda bor mehr-muhabbati jo bo‘lgan taronalarini ijro etib, barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Kecha Shahzodaning konsert dasturi Qo‘qon shahrida davom etdi. Bugun esa xonanda Namangan viloyatiga yo‘l oladi.
Izoh (0)