O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari bo‘yicha:
1-o‘rin: Ulug‘bek Hamdam, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri, yozuvchi — “Vatan haqida qo‘shiq” kitobi uchun (roman va hikoyalar);
2-o‘rin: Xudoyberdi To‘xtaboyev, yozuvchi — nasriy va publitsistik asarlari uchun;
3-o‘rin: Murodboy Nizanov, yozuvchi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) — “Oshiq bo‘lmagan kim bor?” romani uchun.
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:
- Enaxon Siddiqova (Farg‘ona viloyati) — “So‘z ustidagi dunyo” she’riy saylanmasi uchun;
- Xudoyberdi Komilov (Samarqand viloyati) — “Mazali kitob” bolalarga atalgan she’riy to‘plami uchun.
1-o‘rin: Norgul Abduraimova, O‘zA respublika axboroti tahririyati bo‘lim mudiri — O‘zbekistonda mustaqillik yillarida inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu boradagi izchil islohotlar samarasi haqidagi turkum tahliliy maqolalari uchun;
2-o‘rin: Mark Orlov, “Pravda Vostoka” gazetasi bo‘lim mudiri — O‘zbekistondagi keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar va ularning amaliy natijalari haqidagi tahliliy materiallari uchun;
3-o‘rin: Azamat Zaripov, “Xalq so‘zi” gazetasining Navoiy viloyati bo‘yicha muxbiri — O‘zbekiston xalqi ong va shuuridagi ma’naviy yuksalish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi ulkan o‘zgarishlar, turmush farovonligining oshib borayotgani haqidagi turkum maqolalari uchun.
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:
- Elmurod Mavlonov, “Sirdaryo haqiqati” — “Sirdarinskaya pravda” gazetalari tahririyati bosh muharriri o‘rinbosari: eng oliy ne’mat — tinchlikning qadriga yetish, millatlararo totuvlik, milliy qadriyatlarni ulug‘lash, mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida O‘zbekiston xalqi tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqidagi turkum maqolalari uchun;
- Xurshida Tursunboyeva, “Toshkent haqiqati” — “Tashkentskaya pravda” gazetalari muxbiri: hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi tahliliy maqolalari uchun.
1-o‘rin: Kamola Odilova, “Yoshlar” teleradiokanali” YoAJ qoshidagi “Bolajon” telekanali ma’rifiy-rivojlantiruvchi, o‘yinli va intellektual teledasturlar muharririyati bosh muharriri — ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy mavzudagi, aholi, xususan, yoshlarning mustaqil fikri va dunyoqarashini shakllantirishga, ularning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan dasturlari uchun;
2-o‘rin: Shohruhbek Olimov, “Dunyo bo‘ylab” telekanalining katta muharriri — O‘zbekiston xalqining boy tarixi, buyuk ajdodlarning ma’naviy merosi, milliy qadriyat va an’analar, tabiatning go‘zalliklari to‘g‘risidagi turkum ko‘rsatuvlari uchun;
3-o‘rin: Nigmatilla Gulmetov, “Toshkent” radiokanali katta muharriri — qishloq aholisi hayotida yuz berayotgan tub o‘zgarish va yangilanishlar, zamonaviy uy-joylar qurilishi haqidagi turkum eshittirishlari uchun.
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:
- Otabek Rahimov, Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi muharriri — yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, viloyatda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, milliy hunarmandchilikning o‘ziga xos jihatlari haqidagi turkum ko‘rsatuv va lavhalari uchun;
- Gulnoz Xudoyberganova, Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi televideniye guruhi muharriri — qoraqalpog‘istonlik yoshlarning bugungi hayoti, yutuqlari, shahar va ovullarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqidagi turkum ko‘rsatuvlari uchun.
1-o‘rin: Nizom Sultonov, “Tasvir” sho‘ba korxonasi dizayneri — mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda erishilgan yutuqlar hamda Sog‘lom bola yiliga bag‘ishlab tayyorlangan dizayn ishlari uchun;
2-o‘rin: Patxulla Haitov, grafik rassom, Milliy rassomlik va dizayn instituti katta o‘qituvchisi — “Ona yurtga muhabbat” turkum grafik asarlari uchun;
3-o‘rin: Zuhriddin Umrzoqov, “ Iqbol” gazetasi sahifalovchisi (Andijon viloyati) — Istiqlol yillarida viloyatda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari aks etgan fotolavhalari uchun.
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:
- Natalya Galinina, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Jizzax viloyati bo‘limi dizayneri — mustaqillikning bunyodkorlik odimlari aks etgan dizayn ishlari uchun;
- Ahmad Ergashev, “Oila davrasida” gazetasi fotomuxbiri — “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” mavzusidagi fotosuratlari uchun.
1-o‘rin: Ayub Shahobiddinov, “O‘zbekfilm” OAJ rejissyori — O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi munosabati bilan yaratilgan “Bu dunyoda o‘chmas chirog‘im” hujjatli filmidagi rejissyorlik ishi uchun;
2-o‘rin: Ahmad Unarboyev, rejissyor — Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat hayotidagi roli va ishtirokini yanada oshirish, insoniy fazilatlari bilan odamlar orasida katta hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lgan mahalla oqsoqolining siymosini ishonarli tarzda aks ettirgan “Mahalla” badiiy filmidagi rejissyorlik ishi uchun;
3-o‘rin: Mavzur Mahmudov, “O‘zbekfilm” OAJ multbirlashmasi postanovkachi-rejissyori — O‘zbekiston xalqining milliy xarakteri aks etgan “Donishqishloq hangomalari” multiplikatsion filmidagi rejissyorlik ishi uchun.
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:
- Timur Musoqov, “O‘zbekfilm” OAJ kinorejissyori — Ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, yoshlar tarbiyasi, umume’tirof etilgan qadriyatlarga barcha birday amal qilishi lozimligi g‘oyasi aks ettirilgan “Bekatdagi odam” badiiy filmidagi rejissyorlik ishi uchun;
- Nargiza Allasheva, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi — O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati badiiy aks ettirilgan “Qo‘rg‘on” badiiy filmidagi bosh rol ijrosi uchun.
Izoh (0)