Yaponiyaning Saitama prefekturasida istiqomat qiluvchi 111 yoshli Sakari Momoi rasman Ginness rekordlari kitobi bo‘yicha sayyoraning eng keksa erkagi deb topildi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Eng keksa erkak diplomini topshirish marosimi chorshanba kuni ayni damda Momoi yotgan Tokio tibbiy muassasalaridan birida bo‘lib o‘tdi.
Sakari Momoi 1903-yil 5-fevral kuni tug‘ilgan. Kimyo fani o‘qituvchisi bo‘lgan Sakari Momoi o‘z faoliyatini Fukusima va Saitama prefekturalarida olib borgan.
U uzoq yashashning hech qanday sirini bilmasligini aytib o‘tdi. Biroq tibbiy muassasa xodimlarining ta’kidlashicha, Momoi sog‘lom hayot tarzi yuritadi va doim ovqatlanib yuradi.
Eng keksa erkak maqomiga Sakari Momoi nyu-yorklik sobiq eng keksa erkak Aleksander Imich vafotidan so‘ng sazovor bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, Aleksander Imich Momoidan bir kun avval dunyoga kelgan.
Ma’lumot uchun, ayni damda yer sayyorasining eng keksa ayoli unvoni yaponiyalik Misao Okavaga tegishli bo‘lib, u hozirda 116 yoshdadir.
Izoh (0)