20-avgust kuni o‘tkazilishi kutilayotgan Ozarbayjon hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv mahalliy matbuotda ko‘plab qiziqishni keltirib chiqarmoqda. Kecha va bugun chop etilayotgan nashrlarda O‘zbekiston termasining imkoniyatlari chamalab ko‘rilgan, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Ozarbayjon matbuoti O‘zbekistonni kuchli terma sifatida baholamayapti. O‘zbekistonga Osiyoning o‘rtamiyona jamoasi sifatida qaralmoqda.
Vesti.az nashri O‘zbekiston nomini “Uuzvekistan” deb atagan. Balki ozarbayjonchasiga shunday o‘qilar. Har holda O‘zbekiston so‘zi “b” harfi bilan yoziladi va bitta “u” yoki “o‘” harfi bilan boshlanadi.
Birozdan so‘ng Bokuda matbuot-anjumani boshlanadi.
Unda Mirjalol Qosimov va Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyi Berti Fogts rasmiy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Izoh (0)