“Barselona” hujumchisi Luis Suares jahon chempionatida Jorjo Kellinini tishlab olganini tezroq unutish istagida ekanini aytdi. Futbolchi bu vaziyat boshqa takrorlanmasligi uchun professionallarga murojaat qilganini tan oldi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
“Bu xato boshqa takrorlanmasligi uchun men professionallarga murojaat qildim. Bu shaxsiy ish.
Men bo‘lib o‘tgan narsalarga boshqa qaytmaslikni istayman. O‘shanda darhol raqibdan kechirim so‘ramadim, chunki tushkunlikka tushib qolgandim. Men hech narsani istamasdim. Faqat oilam va farzandlarim bilan gaplashib olgach, vaziyatni shundayligicha qabul qilish kerakligini tushundim.
Bo‘lib o‘tgan hodisadan o‘zimga dars olishim kerak. Bunday holatlar kelajakda ham takrorlanishini oldini olishim va bo‘lib o‘tgan hodisani tezroq unutishim lozim”, — deydi Suares.
Izoh (0)