Rossiyaning Samara shahri ko‘chalaridan birida kuni kecha noodatiy olishuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda progorodsamar.ru yangiliklar portali bergan ma’lumotga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Panda libosini kiyib, o‘tgan-ketganlarga reklama qog‘ozlarini tarqatayotgan shaxs bezorilar shilqimlik qila boshlagan qizni ulardan himoya qildi. “Panda” bezorilarga munosib qarshilik ko‘rsatdi.
Yigitlar taslim bo‘lgach, qahramon “panda” qizga atirgul buketi bilan yaqinlashib, tiz cho‘kdi va unga turmush qurish taklifini bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, olishuv panda libosidagi yigitning sevgan qiziga turmush qurish taklifi bilan chiqishining noodatiy yo‘li sifatida uyushtirilgan.
Sodir bo‘lgan voqeadan hayajonlangan qiz atrofdagilar olqishi va xitobi ostida rozilik bildirdi.
Izoh (0)