Rossiya Premyer ligasining 4-turi doirasida “Krasnodar” “Rostov” mehmoni bo‘ldi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Odil Ahmedov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Tengkurashlar ostida kechgan uchrashuvning 23-daqiqasida krasnodarliklar hujumchisi Joazinyo jarima maydonchasi tashqarisidan darvozaning “to‘qqizligi”ni nishonga olib, hisobni ochdi.
Shundan so‘ng, qahramonlik ko‘rsatish “Krasnodar” darvozaboni Andrey Sinitsinga keldi. U 38 va 42-daqiqalarda o‘z darvozasiga belgilangan ikkita penaltini bartaraf etdi. “Rostov” futbolchilari Dyakov va Milich posbonni dog‘da qoldira olmadi.
Ikkinchi bo‘limda esa Odil Ahmedov o‘zi boshlab bergan hujumni golga aylantirdi. U to‘pni qanotdan ochilgan Bistrovga uzatdi va Vladimir to‘pni yana Ahmedovga qaytardi. Odil 12 metr atrofidagi masofadan darvozani ishg‘ol qildi.
Ushbu gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi. Ahmedov o‘yinning oxiriga qadar maydonda harakat qildi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Krasnodar” o‘z ochkolarini sakkiztaga yetkazdi va 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Rossiya Premyer ligasi, 4-tur
“Rostov” — “Krasnodar” 0:2 (0:1)
Gollar: 0:1 — 21 Joaozinyo, 0:2 — 58 Odil Ahmedov.
Noaniq penalti: Dyakov (38, darvozabon), Milich (42, darvozabon) — ikkisi ham “Rostov”
“Rostov”: Pletikosa, Milich, Bashtush, Dyakov, Goro, Fatullayev (Rebko, 61; Troshechkin, 71), Dumbiya, Poloz, Gatskan, Torbinskiy, Buxarov (Grigorev, 61).
“Krasnodar”: Sinitsin, Grankvist, Sigurdsson, Yendjeychik, Gazinskiy, Odil Ahmedov, Laborde (V.Bistrov, 46), Izmaylov (R.Ajinjal, 83), Joaozinyo, Petrov, Ari (Vanderson, 56).
Ogohlantirishlar: Milich (19), Fatullayev (26), Laborde (43), Troshechkin (78).
Izoh (0)