Hindistonning shimoliy tumanlarida so‘nggi ikki kundan beri kuzatilayotgan yer ko‘chishlari natijasida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 16-avgust kuni mahalliy hukumat bergan ma’lumotga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘lgan tabiiy hodisa Uttarakxand shtatida boshlangan. Bir necha kishi tunda o‘z uylarida halok bo‘ldi. Xarobalar ostida qolganlarning ayrimlari qutqarib olindi.
Meteorologlar yaqin kunlarda yog‘ingarchilikning yanada kuchayishini prognoz qilmoqda. Mahalliy OAVlari ma’lum qilishicha, shtat hukumati yer ko‘chishiga duchor bo‘lgan hududlar aholisini evakuatsiya qilishga harbiylarni jalb qilishni mo‘ljallamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1-avgustda Hindistonning g‘arbiy Maxarashtra shtatida kuchli yomg‘ir natijasida sodir bo‘lgan yer ko‘chishi 63 kishining umriga zomin bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, suv toshqini va yer ko‘chishiga sabab bo‘luvchi yomg‘irlar mavsumi Hindistonda iyundan sentabr oyiga qadar davom etadi.
Izoh (0)