“YuTeyr” aviakompaniyasi Moskva — Toshkent yo‘nalishini yo‘lga qo‘ymoqda. “Boing 737-800” samolyoti haftasiga ikki marotaba Rossiyadagi “Vnukovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga qarab parvoz qiladi. Bu haqda “Aviabileti” nashri xabar bermoqda.
“YuTeyr” aviakompaniyasi sentabr oyida parvozlar sonini haftasiga uch marotabagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Hozirga qadar Moskva — Toshkent yo‘nalishida Rossiyaning “Aeroflot” va “Transaero”, shuningdek, O‘zbekistonning Uzbekistan Airways aviakompaniyalari samolyotlari parvoz qilib kelmoqda.
Endi Moskvadagi istalgan aeroportdan Toshkentga uchish mumkin bo‘ldi.
“YuTeyr” yo‘lovchilariga yo‘nalish tarmog‘idagi Surgut, Tyumen, Ufa, Samara, Qozon, Perm, Mineralniye vodi, Nijnevartovsk, Noyabrsk, Sochi, Krasnodar, Vladikavkaz va boshqa shaharlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarif bo‘yicha uchish imkoni ham yaratildi.
Ma’lumot uchun, “YuTeyr” kompaniyasi Rossiyaning 47 shahri hamda MDH va Yevropa davlatlarining 22 ta shahriga doimiy parvozlarni amalga oshiradi.
Izoh (0)