Kecha, 14-avgust kuni Norvegiyaning Tromse shahrida Butunjahon shaxmat olimpiadasi yakunlandi. So‘nggi turda hindistonlik shaxmatchilarga 3,5:0,5 hisobida imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi yakunda qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 17-o‘rin bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Hindiston terma jamoasi 3-o‘rinni egallab, olimpiadaning bronza medaliga ega chiqdi. So‘nggi turga qadar O‘zbekiston 7-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, hindistonlik grossmeysterlar 8-pog‘onadan joy olgan edi.
So‘nggi turda Polshani 1:3 hisobida yenggan Xitoy terma jamoasi 19 ochko bilan Olimpiada chempioni bo‘ldi. Vengriya kumush, Hindiston terma jamoasi bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi (Tromse, Norvegiya)
Erkaklar. 11-turning muhim uchrashuvlari:
- Rossiya — Fransiya: 2,5:1,5
- Polsha — Xitoy: 1:3
- Vengriya — Ukraina: 2:2
- Ozarbayjon — AQSh: 2,5:1,5
- Hindiston — O‘zbekiston: 3,5:0,5
- Xitoy — 19
- Vengriya — 17
- Hindiston — 17
- Rossiya — 17
- Ozarbayjon —17
- Ukraina —16
- Kuba — 16
- Armaniston — 16
- Isroil —16
- Ispaniya —16
Izoh (0)