Yangi Zelandiya terma jamoasining vaqtincha bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Nil Emblen O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun tarkibni ma’lum qildi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Yangi Zelandiya Futbol federatsiyasi rasmiy sayti bergan axborotga ko‘ra, quyidagi 18 nafar futbolchi 8-sentabr kuni Toshkentdagi o‘yin uchun O‘zbekistonga keladi.
Darvozabonlar:- Glen Moss (“Vellington Finiks”)
- Tamati Uilyams (“Vellington Finiks”)
- Maykl Boksall (“Vellington Finiks”)
- Endryu Durante (“Vellington Finiks”)
- Strom Rouks (“Sentral Kost Mariners”, Avstraliya)
- Ben Sigmund (“Vellington Finiks”)
- Bill Tuiloma (“Marsel”, Fransiya)
- Uinston Rid (“Vest Xem”, Angliya)
- Kameron Xoviyeson (“Byornli”, Angliya)
- Kris Jeyms (“Sedan", Fransiya)
- Maykl MakGlinshi (“Sentral Kost Mariners”, Avstraliya)
- Tim Peyn (klubsiz)
- Rayan Tomas (“Zvolle”, Gollandiya)
- Kostas Barbaruses (“Melburn Viktori”, Avstraliya)
- Tayler Boyd (“Vellington Finiks”)
- Jeremi Brokiye (“Vellington Finiks”)
- Kris Vud (“Lester”, Angliya)
- Marko Roxas (“Shtutgart”, Germaniya)
Murabbiylar shtabi:
- Bosh murabbiy: Nayl Emblen
- Darvozabonlar murabbiyi: Pol Gotxard
- Murabbiy: Rob Pikstok
Doktor: Mark Fulcher
Bosh murabbiy Entoni Xudson viza muammosi tufayli O‘zbekistonga kelmaydi.
Izoh (0)