Motorola kompaniyasi Google I/O konferensiyasi paytida Moto 360 aqlli soati yoz oxirida taqdim etilishi haqida gapirgan edi. Shunda ushbu aqlli soat yangi Moto X+1 smartfoni bilan birga taqdim etilishi taxmin qilingan.
Bu gadjetlarning sotuvga chiqishi, so‘nggi taxminlarga ko‘ra, sentabrga qoldirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Droid Life ma’lumotiga ko‘ra, Moto X+1 smartfoni 25-sentabr kuni sotuvga chiqishi mumkin.
Shuningdek, sentabr oyida Samsung Galaxy Note 4 smartfoni sotuvga chiqishi kutilmoqda. Apple’ning iPhone 6 smartfoni ham oktabrda emas, sentabr oxirida sotuvga chiqishi mumkin.
Izoh (0)