Ukraina Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritish niyatida bo‘lib, hozirda qora ro‘yxatdan Rossiya va boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi 172 nafar fuqaro va “terrorchilik harakatlarini moliyalashtirish”da ayblanayotgan 65 ta kompaniya joy olgan. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Kiyev, shuningdek, Ukrainaga Rossiya mahsulotlarini kiritishni ham cheklab qo‘yish haqida mulohaza yuritmoqda.
“Men qonunga kiritilish imkoniga ega bo‘lgan barcha choralar haqida aytib o‘tdim. Xususan, parvozlardan tortib resurslargacha — istalgan turdagi tranzit to‘xtatib qo‘yilishi mumkin”, — deydi Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk.
Ayirmachi jangarilarni qo‘llab-quvvatlashda Moskvani ayblayotgan Kiyev Ukraina quvurlari orqali Rossiya nefti va gazi yetkazilishini ham taqiqlashi mumkin.
Ukraina ishlab chiqqan mazkur choralar kelasi hafta muhokama qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)