YouTube’ga joylangan itni qo‘rqitgan sher bolasi haqidagi 20 soniyali videorolik bir hafta ichida besh milliondan ko‘proq marotaba tomosha qilindi. Bu haqda “Rossiyskaya Gazeta” xabar bermoqda.
Videorolik YouTube foydalanuvchilari o‘rtasida qizg‘in bahsga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik itga rahmi kelganini aytib, “Agar it yurak xurujidan o‘lib qolganida nima bo‘lardi?” — deb izoh qoldirgan.
Rolik Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahri yaqinida joylashgan “Kornellskop” ilmiy chorvachilik fermasida suratga olingan. Ferma egalari hayvonlarni film va reklama roliklarida suratga tushishga o‘rgatadi. Xodimlarning aytishicha, ferma hayvonlarni himoya qilish fondlari va tashlab ketilgan hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish bilan shug‘ullanuvchi xayriya jamg‘armalari bilan hamkorlik qiladi.
Izoh (0)