6-avgust kuni Yevropa Chempionlar ligasining 3-saralash bosqichi javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Temur Kapadze to‘p surayotgan Qozog‘istonning “Aktobe” klubi safarda Ruminiyaning “Styaua” jamoasiga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Bu mag‘lubiyatga Logvinenkoning 57-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni erta tark etgani ham sabab bo‘ldi, deb ma’lum qildi “Olamsport”.
Qozog‘istonning yagona javob to‘pini aynan Kapadze kiritdi. Temur 61-daqiqada zaxiradan Xayrullinning o‘rniga maydonga tushib, ruminlar darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq bu gol “Aktobe”ni keyingi bosqichga chiqishiga kamlik qildi. Boisi, ilk o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgandi.
“Styaua” (Ruminiya) — “Aktobe” (Qozog‘iston): 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 — 3 Kipchu, 2:0 — 39 Stanchu, 2:1 — 85 Temur Kapadze.
“Styaua” — Arlauskis, Shukala, Ripe, F. Varela, Latovlevich, Stanchu (Yanku, 48), Tanase (Pirvulesku, 82), Sanmartyan (Filip, 12), Prepelitse, Popa, Kipchu.
“Aktobe” — Sidelnikov, Logvinenko, Anderson, Arzumanyan, Sarikayev, Xayrullin (Temur Kapadze, 61), Miroshnichenko, Korobkin, Antonov (Aymbetov, 68), Neko, Pitsselli (Shabalin, 80).
Ogohlantirishlar: Kipchu (6), Anderson (11), Logvinenko (24), Korobkin (35), Latovlevich (68).
Chetlatish: Logvinenko (57).
Izoh (0)